Antatsidlar va hazm qilishning buzilishi
Yuqori kislotalilik bilan oshqozon-ichak traktining bezovtaligi - hazm qilish buzilishi va jig’ildon qaynashidir. Hazm qilishbuzilishi bilan bog'liq bo'lgan barcha holatlar uchun mustaqil tekshirish juda xavflidir, negaki uning sabablari kichikbuzilishdan to oshqozon yarasi yoki undan ham og'irroq kasalliklargacha bo'lishi mumkin. Bunday holatlarni mustaqilravishda davolaydiganlar ko'pchilikdir. Biroq, shuni yodda tutish kerakki: agar belgilar ikki haftadan ortiq saqlansa, mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Yuqori kislotalilikni davolashning maqsadi - oshqozonda xlorid kislotasining ishlab chiqarilishini kamaytirish va unitezda zararsizlantirishdir. Ko'plab dori-darmonlar oshqozon kislotasining ishlab chiqarilishni kamaytiradi va belgilarniyengillashtiradi, shu bilan ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi, antatsidlar esa tezroq ta'sir qiluvchineytrallashtiruvchi vositalardir. Ular oshqozondagi yuqori pH kislotalilikni zararsizlantirib, holatni yengillashtirishgaqodir.
Antatsidlar odatda xavfsiz bo’lib, alyuminiy va magniy tuzlari, kaltsiy karbonati va natriy bikarbonatidan iborat bo'lishimumkin. Ularning barchasi jig’ildon qaynashida tez ta’sir qiladi, ammo ularning ta'sirining davomiyligi boshqacha. Ba'zi mahsulotlar belgilarni 10 daqiqadan kamroq vaqt ichida yengillashtiradi, boshqalari esa 90 daqiqadan ko'proq vaqt davomida samarali ishlaydi.