Yanada samarali va tezkor yechimlarni taklif qiluvchi farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqish maqsadida biz barchakuchlarimizni faol moddalarni bo’shatish va ajratish ta’sirini optimallashtiradigan galen formulasini ishlab chiqishga qaratdik. Ishlab chiqarish jarayonidagi yutuqlar tufayli yakuniy mahsulotlarning ijobiy natijalarga erishdik.
Barcha Rapid® preparatlari tez eruvchan tabletkalar shaklida taqdim etilib, qabul qilingandan so'ng darholoshqozonda erib, parchalanish (dezagregatsiya bo’lish) qobiliyatiga egadirlar.
Erish – faol moddalarning chiqarish vaqtini qisqartirishga va tezkor ta’sir qilishga yordam beruvchi jarayon doriningorganizm suyuqliklari yoki suv bilan aloqadan so’ng yuzaga keladigan birinchi fiziologik jarayondir. Rapid® tabletkalari1 daqiqadan ham kam vaqt ichida erib ketadi.
Ta’sir qilish mexanizmi
Rapid® tabletkalari faol moddalarning chiqarilish vaqtini qisqartiradigan parchalanuvchi tarkibiy qismlardan ishlanganilg'or qoplamaga ega.
Oshqozonga tushgach, Rapid® me'da shirasi bilan o'zaro ta'sir qiladi. Parchalanishdan keyin faol tarkibiy moddalarning erishi boshlanadi, bu esa moddalarning darhol ta’sir etishiga yordam beradi.
GASTROTABS® RAPID+ ni qabul qiling
1 daqiqadan so’ng
Oshqozondagi bezovtalikni bartaraf etib, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi
Rapid® texnologiyasining afzalliklari
Oshqozonda tez parchalanib erishi, so'rilishi va darhol ta'siri (1 daqiqadan kam vaqt ichida) belgilarni bartaraf etishga yordam beradi.
Rapid® tabletkalarini bir stakan suvda eritib qabul qilish mumkin, yutishga qiynaladiganlar uchun juda qulay bo’ladi.