Jig’ildon qaynashi va oshqozon bezovtaligi
Jig’ildon qaynashidan ko’pchilik aziyat chekadi, u achish hissi sifatida namoyon bo’ladi. Ushbu holat me’da shirasi qizilo'ngach tomon harakat qilganda sodir bo'ladi. Oshqozonning yuqori qismidagi kardiya ovqat hazm qilish jarayonida odatda yopiladi. Ammo, har doim emas va aynan shuning uchun kislota harakatga tushadi. Ushbu holat gastroezofagial reflyuks deb ataladi. Qizilo'ngach oshqozon kabi yaxshi himoya qilinmaganligi sababli, uning epiteliy qavati kislota bilan yallig'lanishi mumkin, bu esa bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etishi mumkin bo'lgan ovqat hazm qilish jarayonida noxushlik tug'diradi.
Jig’ildon qaynashi etiologiyasi va belgilari
Jig’ildon qaynashi va ovqat hazm qilish buzilishi o’zaro o'xshash kelib chiqishga ega bo’lishlari mumkin, sog'lom aholining taxminan uchdan bir qismi oyiga kamida bir marta dispepsiya va/yoki gastroezofagial reflyuksdan aziyat chekadi. Uning eng keng tarqalgan belgii oshqozon va qizilo'ngachda achish yoki yonish hissi hisoblanadi. Jig’ildon qaynashidan aziyat chekkan odam kekirish va og'izda achchiqlik ta'mini ham tez-tez his qilishi mumkin. Belgilarning yana biridan disfagiya bo'lishi mumkin. Yutishdagi bu qiyinchilik og'riq keltirishi mumkin. Jig’ildon qaynashning o'zi jiddiy kasallik emas, biroq muntazam ravishda paydo bo'lsa, jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Oldini olish
Jig’ildon qaynashi va oshqozon bezovtaligida ularning oldini olish eng muhim omillardan biridir. Buning uchun kundalik parhez odatlar ustidan ishlashingiz kerak, hamda qahva, tamaki yoki spirtli ichimliklardan voz kechish shart. Gorizontal holatni qabul qilish tavsiya etilmaydi, u me'da shirasining qizilo'ngachga qaytib tushishiga yordam beradi. Me’da shirasining normallashishiga imkon berish uchun boshni tanadan balandroq joylab dam olish kerak. Agar ushbu holat tez-tez sodir bo'lsa, jig’ildon qaynashi sababini aniqlash uchun shifokor qabuliga yoziling, negaki belgilar oshqozon yarasi kabi jiddiyroq kasalliklarni yashirishi mumkin.
Ovqat va ichimliklar
Agar ovqatni ko’p miqdorda iste'mol qilsangiz, oshqozoningiz ham shirani ortiqcha miqdorda ishlab chiqarishi mumkin.
Qon bosimining oshishi, shiraning ishlab chiqarilishi bilan birga oshqozon to'lib ketganining natijasi bo'lishi mumkin.
  • O'z vaqtida ovqatlanmaslik yoki juda tez ovqatlanish oshqozon har mahal ovqat yeganingizda kerakli miqdorda shira ajrata olmasligiga olib kelishi mumkin.
  • Uyqudan oldin ovqatlanish shiraning ishlab chiqarilishi va uni qizilo'ngachga ko'tarilishiga olib keladi.
  • Tarkibida kofein mavjud va spirtli ichimliklar kislotalik darajasini oshirishi mumkin.
  • Issiq ichimliklar va tsitrus meva sharbatlari ham bu muammolarni keltirishi mumkin.

Ovqatlanishingizga ehtiyot bo'ling:


  • Yog'li taomlar odatda uzoq hazm bo'ladi, negaki yog'lar sekinlashtirilgan hazm bo'lishni talab etadi.
  • Shokolad va yalpiz kardiosfinkterga erkinlashtiruvchi ta'sir ko'rsatishi mumkin, bu esa kislotalik reflyuksiga olib keladi.
  • Achchiq taomlar va pomidor yoki piyozi bor taomlar ham bu kabi muammolarni tug’dirishi mumkin.
Jig’ildon qaynashining bir nechta boshqa sabablari orasida quyidagilar bo'lishi mumkin:

  • Stress
  • Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYaQV), yoki boshqa (yurak uchun, astma va gipertoniyaga qarshi) kabi dori vositalari 
  • Ortiqcha vazn ham hazm bo’lish bilan bog’liq muammolarga olib kelishi mumkin.
  • Tor kiyimlar esa qorin bo'shlig'iga bosim berishi mumkin.
Yuqori kislotalilik kabi hazm bo’lishning buzilishlari ham homiladorlik vaqtidagi keng tarqalgan holatlar hisoblanadi. Ko’plab homiladorlar ushbu muammolarga chalingan.